Quti modeli: margin, border, padding
Brauzer uchun sahifadagi har bir element — to'rtburchak quti: sarlavha ham, xatboshi ham, rasm ham, havola ham. Elementlar orasidagi masofani, chegaralarni va o'lchamlarni boshqarish uchun shu qutining qanday tuzilganini bilish kerak. Bu — CSS'dagi eng muhim mavzulardan biri.
Bu darsda
- Quti modeli: mazmun, ichki oraliq, chegara, tashqi oraliq
widthvaheightpaddingvamargin'ni qisqa yozish — soat mili bo'yichaborder, yumaloq burchaklar va doirabox-sizing: border-box— o'lchamni oson hisoblashdisplay:block,inlinevainline-blockmax-width,overflowvabox-shadow- Loyiha: profil kartasi
Har bir element — quti
Ishonmayapsizmi? Quyidagi sahifada universal selektor * yordamida hamma elementlar atrofiga chiziq chizilgan. outline — chegaraga o'xshash chiziq, lekin u joy egallamaydi, shuning uchun tekshirib ko'rish uchun qulay:

Mening sahifam

Bu xatboshida havola va
qalin so'z bor.

Birinchi band

Ikkinchi band

Sarlavha ham, havola ham, rasm ham, ro'yxat bandlari ham — hammasi to'rtburchak. Hatto butun sahifa (body) ham bitta katta quti.
Quti modeli
Har bir quti to'rt qatlamdan iborat. Ichkaridan tashqariga qarab:
- Mazmun (inglizcha content) — matn, rasm yoki ichki elementlar. Uning o'lchami
widthvaheightbilan beriladi. - Ichki oraliq (inglizcha padding) — mazmun bilan chegara orasidagi bo'sh joy. Elementning fon rangi shu qismga ham yoyiladi.
- Chegara (inglizcha border) — qutining chizig'i.
- Tashqi oraliq (inglizcha margin) — chegaradan tashqaridagi bo'sh joy, ya'ni qo'shni elementlargacha masofa. U doim shaffof: fon rangi bu yerga yetib bormaydi.
Devordagi ramkali suratni tasavvur qiling. Suratning o'zi — mazmun. Surat atrofidagi oq qog'oz hoshiya — padding. Yog'och ramka — border. Ramkadan qo'shni suratgacha bo'lgan devor — margin.

Men qutiman. Atrofimdagi oraliqlarga qarang!

Men ham qutiman.

Qiymatlarni o'zgartirib ko'ring: padding: 0 qilsangiz, matn chegaraga yopishib qoladi; margin: 0 qilsangiz, qutilar bir-biriga tegib turadi.
width va height
width — kenglik, height — balandlik. Standart holatda ular aynan mazmun qismining o'lchamini belgilaydi (buni pastda o'zgartiramiz). Blok element sukut bo'yicha butun kenglikni egallaydi, balandligi esa mazmunga qarab o'zi o'sadi.
Matnli qutilarga height bermang. Matn ko'paysa yoki telefonda qatorlar ko'payib ketsa, u qutiga sig'may, tashqariga chiqib ketadi. Balandlik kerak bo'lsa, min-height ishlating — «kamida shuncha, kerak bo'lsa ko'proq».
padding — ichki oraliq
padding ni har bir tomonga alohida berish mumkin: padding-top, padding-right, padding-bottom, padding-left. Lekin ko'pincha qisqa yozuv ishlatiladi — bitta qatorda 1 dan 4 tagacha qiymat:
| Yozuv | Ma'nosi |

padding: 10px; | To'rt tomon ham 10px |
padding: 10px 20px; | Tepa va past — 10px, o'ng va chap — 20px |
padding: 10px 20px 30px; | Tepa — 10px, o'ng va chap — 20px, past — 30px |
padding: 10px 20px 30px 40px; | Tepa — 10px, o'ng — 20px, past — 30px, chap — 40px |
To'rtta qiymat tartibini soat mili bilan eslab qolish oson: soat 12 dan boshlanadi — tepa, keyin 3 — o'ng, 6 — past, 9 — chap.
padding: 1 2 3 4; — tepa, o'ng, past, chap. margin ham xuddi shunday.

padding: 10px

padding: 10px 40px

padding: 0 0 30px 80px

Uchinchi qutida tepa va o'ng tomonda oraliq yo'q, pastda 30px, chapda esa 80px. Nolga birlik yozish shart emas: 0 — 0px bilan bir xil.
border — chegara
border uchta qiymatni birga oladi: qalinlik, chiziq turi va rang — border: 2px solid #1f4fa8;. Chiziq turlari: solid (yaxlit), dashed (uzuq), dotted (nuqtali), double (qo'sh), none (yo'q). Faqat bitta tomonga ham berish mumkin: border-bottom: 3px solid tomato; — sarlavha tagidagi chiziq uchun qulay.
border-radius — yumaloq burchaklar va doira
border-radius: 12px; burchaklarni yumaloqlaydi. U chegara bo'lmasa ham ishlaydi — fonning burchaklari yumaloqlanadi. Kvadrat elementga border-radius: 50%; bersangiz, doira hosil bo'ladi. Profil rasmlari aynan shunday yasaladi.

solid

dashed

dotted

double

faqat past

radius 16px

margin — tashqi oraliq
margin xuddi padding kabi yoziladi: margin: 20px;, margin: 10px 0;, margin-top: 30px; va hokazo. Farqi — u chegaradan tashqarida va doim shaffof.
margin: auto — blokni markazga
Blok elementga aniq kenglik (width yoki max-width) berib, chap va o'ng margin'ni auto qilsangiz, brauzer qolgan bo'sh joyni ikki tomonga teng bo'lib beradi — element markazga keladi: margin: 0 auto;.
text-align: center bu yerda yordam bermaydi: u qutining o'zini emas, faqat ichidagi matnni markazlaydi. Qutini markazga qo'yish — margin: 0 auto ning ishi.
Margin'larning «qo'shilib ketishi»
Ikki blok element ustma-ust tursa, birinchisining pastki va ikkinchisining yuqori margin'i qo'shilmaydi — ulardan kattasi olinadi. 30px va 20px bo'lsa, orasida 50px emas, 30px bo'ladi. Bu margin collapse («margin'larning qo'shilib ketishi») deyiladi va faqat vertikal (tepa-past) margin'larga tegishli. «Nega oraliq kutganimdan kichik?» degan savolning javobi ko'pincha shu.

Men markazdaman: margin: 0 auto

margin-bottom: 30px

margin-top: 20px — oramiz 50px emas, 30px!

box-sizing: border-box — o'lchamni oson hisoblash
Standart holatda width — faqat mazmun qismining kengligi. padding va border esa unga qo'shiladi:
width: 300px; padding: 20px; border: 2px solid; Ko'rinadigan kenglik = 300 + 20 + 20 + 2 + 2 = 344px
«300px» deb yozib, 344 piksellik quti olish — chalkash. Buni box-sizing xususiyati hal qiladi:
content-box(standart) —width= faqat mazmun.paddingvaborderustiga qo'shiladi.border-box—width= butun quti, chegarasi bilan birga.paddingvaborderichkariga «siqiladi», mazmun esa shunga yarasha kichrayadi. 300px deb yozsangiz — aynan 300px bo'ladi.

Qizil chiziq — aniq 300px:

content-box: 300 + 40 + 4 = 344px

border-box: aynan 300px

Shuning uchun deyarli barcha zamonaviy saytlar CSS'ni shu qoida bilan boshlaydi. Siz ham har bir loyihangizda style.css ning eng boshiga yozing:

box-sizing: border-box;

DevTools'dagi quti diagrammasi
DevTools'da (F12) elementni tanlang va Styles yonidagi Computed bo'limini oching. Tepada tanlangan elementning quti modeli rangli diagramma ko'rinishida chizilgan: tashqarida margin (to'q sariq), keyin border (sariq), padding (yashil) va markazda mazmun (ko'k) — har birining aniq o'lchami bilan. Diagrammadagi qatlam ustiga sichqonchani olib borsangiz, sahifada aynan shu qism bo'yab ko'rsatiladi. «Nega bu yerda bo'sh joy bor?» degan savolga eng tez javob — shu diagramma.
display: block, inline va inline-block
7-darsda elementlar blok va qator ichidagi bo'lishini ko'rgan edik. Bu xulqni display xususiyati boshqaradi va uni o'zgartirish mumkin:
block | inline | inline-block | |

| Yangi qatordan boshlanadimi? | Ha | Yo'q | Yo'q |
width / height ishlaydimi? | Ha | Yo'q | Ha |
Tepa-past padding/margin qo'shnilarni suradimi? | Ha | Yo'q | Ha |
| Misollar | div, p, h1, section | span, a, strong | button, input |
display: none; esa elementni butunlay yashiradi — u joy ham egallamaydi.

Bu matnda oddiy inline element bor. Unga width
ta'sir qilmadi, tepa-past padding esa qo'shni qatorlarni surmadi —
ularning ustiga «chiqib» ketdi.

Bu block — alohida qatorga tushdi.

Bu inline-block — qator ichida qoldi,
lekin width va padding to'liq ishlaydi.

Tugma ko'rinishidagi havolalar uchun inline-block ayni muddao: ular matn qatorida turadi, lekin ichki oraliqlari to'g'ri ishlaydi.
Foydali qo'shimchalar
max-width — o'qishga qulay kenglik
Juda uzun qatorlarni o'qish qiyin: ko'z bir qator oxiridan keyingisining boshiga o'tishda adashadi. Matnli bloklarga max-width bering — «kengligi shundan oshmasin, ekran tor bo'lsa — torayaversin». Qulay kenglik — bir qatorda taxminan 60–80 belgi, ya'ni 600–700px atrofida. width dan farqi: width: 700px telefon ekranidan chiqib ketadi, max-width: 700px esa ekranga moslashib torayadi.
overflow — sig'magan mazmun
Mazmun qutiga sig'masa (masalan, height berilgan bo'lsa), overflow nima qilishni hal qiladi: visible (standart — chiqib ketadi), hidden (sig'magan qism kesib tashlanadi), auto (kerak bo'lsa, aylantirish chizig'i paydo bo'ladi).
box-shadow — quti soyasi
box-shadow: 0 4px 12px rgba(0, 0, 0, 0.15); — o'ngga siljish, pastga siljish, xiralik va rang. text-shadow ga o'xshaydi, lekin butun qutiga tushadi. Yengil, shaffof soya kartani sahifadan biroz «ko'tarib» turadi.

max-width: 420px — oyna kengaysa ham, bu blok
shundan kengaymaydi va markazda turadi. Yengil soya kartani
«ko'tarib» turibdi.

overflow: auto — bu qutining balandligi
50px, matn esa ko'proq. Shuning uchun ichida aylantirish chizig'i
paydo bo'ldi. Sichqoncha g'ildiragi bilan aylantirib ko'ring.
Yana bir qator. Va yana bittasi. Oxiri!

Loyiha: profil kartasi
Endi o'rganganlarimizni bitta foydali qismga — profil kartasiga yig'amiz. HTML juda oddiy: rasm, ism, qisqa matn va tugma. Butun «sehr» — CSS'da. Kodni qadamlarga bo'lib, izoh bilan belgiladik:

Aziza Karimova

Boshlovchi veb-dasturchi. HTML va CSS o'rganyapman.

Bog'lanish

box-sizing: border-box—max-width: 300pxdeb yozdik, karta chegarasi bilan birga aynan shuncha bo'ladi.- Karta:
max-width+margin: 16px auto— markazda, tepa va pastda 16px oraliq bilan;padding— ichki «havo»;border,border-radiusvabox-shadow— karta ko'rinishi. - Rasm: kvadrat (96 × 96) +
border-radius: 50%= doira. - Matn: brauzerning standart margin'lari o'rniga o'zimiznikini berdik — sarlavha rasmga yaqinroq, matndan keyin tugmagacha 20px.
- Tugma:
inline-blockbo'lgani uchunpaddingto'liq ishlaydi;border-radius: 999px— juda katta radius, burchaklar to'liq yumaloqlanib, «tabletka» shakli chiqadi.
Kartani o'zingizga moslang: ism va matnni o'zgartiring, max-width ni 360px qiling, soyani kuchaytiring yoki tugmaga boshqa rang bering. Har bir o'zgarishda qaysi xususiyat nimaga ta'sir qilayotganini kuzating.
Mashqlar
1-mashq Aniq 300 piksellik karta
.karta ga quyidagilarni bering: kengligi 300px, ichki oraliq har tomondan 20px, chegara 2px qalinlikda yaxlit chiziq (rangi ixtiyoriy), burchak radiusi 12px. Eng muhimi: kartaning chegarasi bilan birga to'liq kengligi aynan 300px bo'lsin.

Eslatma

Ertaga soat 10:00 da CSS darsi bor.

Ishora
Faqat width: 300px, padding va border ni yozsangiz, karta 344px bo'ladi (300 + 40 + 4). Uni aynan 300px qilish uchun qaysi xususiyat kerakligini eslang.
Yechimni ko'rish

Eslatma

Ertaga soat 10:00 da CSS darsi bor.

2-mashq Xabarni markazga
Sariq xabar qutisini sahifaning gorizontal markaziga joylang va tepasidan 40px oraliq qoldiring. Buni bitta margin qatori bilan qiling. E'tibor bering: qutida text-align: center allaqachon bor, lekin quti baribir chapda turibdi.

Men sahifa markazida turishim kerak!

Yechimni ko'rish

Men sahifa markazida turishim kerak!

margin: 40px auto; — tepa va past 40px, chap va o'ng auto. text-align: center esa faqat qutining ichidagi matnni markazlaydi.
Amaliy topshiriq Portfolio'ga kiyim kiygizamiz
7-darsda yaratgan portfolio skeletingizni oxirgi uch darsda o'rganganlaringiz bilan bezang:
portfoliopapkasidastyle.cssyarating vaindex.htmlga<link>bilan ulang.- Faylning eng boshiga
* { box-sizing: border-box; }yozing. bodyga zaxirali shrift,line-height: 1.6, matn va fon rangi bering.maingamax-width: 800px; margin: 0 auto; padding: 0 16px;bering — matn o'qishga qulay kenglikda va markazda bo'ladi.headergapaddingva fon (rang yoki gradient) bering.navhavolalarini tugmaga o'xshatib bezang:text-decoration: none,padding,border-radius,:hover.- Loyihalar bo'limidagi
article'larni kartaga aylantiring:padding,border,border-radius,box-shadow,margin-bottom. - Rasmingizni doira qiling: teng
widthvaheight+border-radius: 50%. - DevTools'dagi quti diagrammasida oraliqlarni tekshiring va keraksiz bo'shliqlarni tuzating.
Loyiha kartalarini yonma-yon terish kabi ustunli joylashuvni keyingi darsda Flexbox bilan qilamiz.
O'zingizni sinang
Quti modelining qaysi qismi chegaradan tashqarida bo'lib, qo'shni elementlar bilan masofani belgilaydi?
paddingcontentbordermargin
To'g'ri. margin — tashqi oraliq va u doim shaffof. padding esa chegaraning ichida.
padding: 10px 20px; nimani bildiradi?
- Tepa va past — 10px, o'ng va chap — 20px
- Tepa — 10px, past — 20px
- Chap — 10px, o'ng — 20px
- Barcha tomonlar — 30px
To'g'ri. Ikki qiymat bo'lsa: birinchisi — vertikal (tepa-past), ikkinchisi — gorizontal (o'ng-chap).
Standart box-sizing (content-box) da width: 200px; padding: 10px; border: 5px solid; bo'lgan qutining ko'rinadigan kengligi qancha?
- 200px
- 215px
- 230px
- 210px
To'g'ri. 200 + 10 + 10 + 5 + 5 = 230. border-box da esa aynan 200px bo'lardi.
Kvadrat rasmni doira shakliga qanday keltirish mumkin?
border: circle;border-radius: 50%;display: round;padding: 50%;
To'g'ri. Rasmning eni va bo'yi teng bo'lsa, 50% radius uni to'liq doiraga aylantiradi.
ga width: 200px berildi, lekin kengligi o'zgarmadi. Nima qilish kerak?
widthni!importantbilan yozishmargin: 0 autoqo'shishdisplay: inline-block(yokiblock) berishspanlarga kenglik umuman berib bo'lmaydi
To'g'ri. inline elementlarga width va height ta'sir qilmaydi. inline-block qator ichida qoladi va o'lchamlarni qabul qiladi.
Xulosa
- Har bir element — quti: content → padding → border → margin. Fon padding'gacha yoyiladi, margin doim shaffof.
- Qisqa yozuv: 1 qiymat — hamma tomon; 2 — tepa-past va o'ng-chap; 4 — soat mili bo'yicha: tepa, o'ng, past, chap.
border: 2px solid rang;,border-radius— yumaloq burchak, kvadratga50%— doira.margin: 0 auto+ kenglik — blokni markazga qo'yadi. Vertikal margin'lar qo'shilmaydi, kattasi olinadi.* { box-sizing: border-box; }—widthbutun qutini bildiradi. Har bir loyihani shu bilan boshlang.display:block,inline,inline-block,none. Matngamax-width, kartalargabox-shadowbering.